IHT Isroilni Xoniyaning o‘limi uchun javobgar deb hisoblaydi

Olam

image

Islom hamkorlik tashkiloti Tehronda HAMAS Siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi uchun Isroilni mas’ul deb hisoblaydi va bu Eron suvereniteti va milliy xavfsizligiga xavfli hujum ekanini bildirdi. Bu haqda Jiddada IHT Ijroiya qo‘mitasining Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Yakuniy deklaratsiyada IHT Tehronda HAMAS yetakchisining o‘ldirilishini keskin qoraladi. Unda aytilishicha, qotillik xalqaro huquq va BMT Nizomini ochiqdan-ochiq buzgan.

“Bu Eron suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy xavfsizligiga xavfli hujumdir. Falastin hududlaridagi bosqinchi davlat bo‘lgan Isroil mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazmoqda. Bu holat BMT Xavfsizlik Kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha mas’uliyati doirasida shoshilinch va samarali aralashuvni talab qiladi”, deyiladi hujjatda.

Deklaratsiyada BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatishi kerakligi va G‘azo sektorining barcha qismlariga yetarli va barqaror insonparvarlik yordamini yetkazish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi kerakligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Oq uyga HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi uchun javobgar ekanini ma’lum qilgandi.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil IHT Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing