Isroil Oq uyga Xoniyaning o‘limi ortida o‘zi turganini aytdi – The Washington Post

Olam

image

Isroil Oq uyga HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi uchun javobgar ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda “Thye Washington Post” xabar berdi.

”Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib bormoqda. Oq uy rasmiylari Xoniyaning o‘ldirilishini G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun bir necha oy davom etgan izlanishlardagi muvaffaqiyatsizlik sifatida baholamoqda”, deyiladi xabarda.

Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar mazmuni bilan tanish bo‘lgan ba’zi AQSH rasmiylariga ko‘ra, Bayden Isroilni ushlab turish uchun harbiy yordamni cheklash kabi jiddiy bosimni qo‘llashga tayyor ekanligiga oid hech qanday ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, ismi oshkor etilmagan bir necha yuqori martabali AQSH rasmiylari Isroilning “Hizbulloh” yetakchilari va Eron qo‘mondonlariga AQSHni ogohlantirmasdan hujum qilishi Bayden va ba’zi rasmiylarni g‘azablantirganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi joriy yilning 31 iyul kuni Tehronda Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronda bo‘lgan Xoniya qarorgohiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi. Eron va HAMAS qotillikda Isroilni ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘limida AQSHning aloqasi yo‘qligini aytgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing