Erdo‘g‘an Xoniyaning o‘g‘illari bilan uchrashdi
Olam
−
11 avgust
7812Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 10 avgust kuni Istanbulda Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosining marhum rahbari Ismoil Xoniyaning o‘g‘illari Abdel Salam va Hammomni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Istanbuldagi uchrashuvda Erdo‘g‘an Xoniyaning o‘g‘illariga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Uchrashuvda Turkiya razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin va Prezidentning bosh maslahatchisi Sefer Turan ham ishtirok etgan.
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya joriy yilning 31 iyul kuni Tehronda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etgandan so‘ng o‘ldirildi. Uning qo‘riqchisi Xoniya bilan birga jon berdi. Xoniya qarorgohi havo hujumiga uchradi. HAMAS buning uchun Isroilni aybladi. Isroil rasmiylari falastinlik siyosatchining o‘ldirilishi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.
Ismoil Xoniya 2004 yildan beri HAMAS tuzilmalari rahbariyatida ishlagan, 2007-2014 yillarda bir partiyaviy Falastin hukumatini boshqargan, 2017 yildan esa harakatning siyosiy byurosi rahbari. Xoniyaning 13 farzandi bor edi. 2024 yilning 10 aprelida Isroil havo hujumi oqibatida G‘azo sektoridagi Shati qochqinlar lagerida uch o‘g‘il va uch nabirasi halok bo‘ldi. 2024 yilning 1 aprelida Xoniyaning singlisi Sabah Isroil hukumati tomonidan HAMAS a’zolari bilan aloqadorlikda, terrorga chaqirishda va terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Xoniyaning Tehronda o‘ldirilganini keskin qoraladi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken CNA portaliga Qo‘shma Shtatlar Xoniyaning o‘ldirilishida ishtirok etmaganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi