Xitoyning rivojlanishi yangi urushga olib kelishi mumkinligi aytildi
Olam
−
25 dekabr 2020
9179Xitoyning tobora kuchayib borishi tufayli dunyoda yangi “Sovuq urush” yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda kecha, 24 dekabr kuni Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘ayt Misr poytaxti Qohiradagi Arab tadqiqotlari institutining simpoziumida so‘z ochdi.
“Xitoy qudratining tez sur’atlarda o‘sishi tufayli dunyoda yangi “Sovuq urush” yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, AQSH va sobiq SSSR o‘rtasidagi urushdan keskin farq qilish ehtimoli yuqori. Balki, Pekin AQSH boshchiligidagi G‘arbga qarshi turish uchun Rossiyani o‘ziga og‘dirib olib, qoalitsiya tuzishning uddasidan chiqar”, deydi Ahmad Abu al-G‘ayt.
Misrlik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya – muhim sivilizatsion blok va xalqaro maydonda asosiy rolni o‘ynash istagida bo‘lgan yirik harbiy kuch.
Bosh kotibning ta’kidlashicha, kiber urush hamda sun’iy aqlga asoslangan qurollar jamiyat xavfsizligi uchun yangi va misli ko‘rilmagan muammolardan darak beradi, shuningdek, bunday qurollar hali ham hech qanday me’yoriy-huquqiy asosga ega emas.
“Arab davlatlari xalqaro piramidaning tepasida ikkita raqib kuchlar mavjudligini hisobga olgan holda, manevrlar uchun ko‘proq joy topishlari mumkin, ammo bu raqobat shartlari davlatlarning siyosiy arenadagi harakatlariga cheklovlar ham qo‘yadi, chunki har bir super kuch o‘z ittifoqchilarini o‘zi tomon jalb qilishga intilmoqda”, deydi Arab Ligasi Bosh kotibi.
Liga Bosh kotibi arab davlatlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro vaziyatlarga tayyor turishga chaqirdi.
LiveBarchasi