Xitoydan qaytayotgan Makron Pekin va Vashington orasiga tushmasligini aytdi 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Tayvan bo‘yicha AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilikda Yevropa Ittifoqining ishtirok etishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Xitoydan qaytayotib, samolyot bortida “Politico” va “Les Echos” nashrlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Fransiya rahbarining fikricha, Yevropa Ittifoqi strategik manfaatlarini ta’minlash uchun Vashingtonga qaramlikni kamaytirishi kerak.

Shuningdek, u Yevropa so‘nggi paytlarda AQSH bilan qurol-yarog‘ va energetika sohasida aloqalarni kuchaytirganini qayd etgan. Makronning ta’kidlashicha, qit’a mamlakatlari o‘zining mudofaa sanoatini modernizatsiya qilishga e’tibor qaratishi kerak.

Fransiya yetakchisining ishonchi komilki, Yevropa ham Moskva va Pekin misolida AQSH dollariga qaramlikni kamaytirishi lozim. 

“Agar qudratli davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaysa, strategik muxtoriyatimizni moliyalashtirishga na vaqtimiz, na resurslarimiz bo‘ladi va biz vassalga aylanib qolamiz”, deya ogohlantirgan Emanuel Makron.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi 5-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tgandi. 6 aprel kuni Si Szinpin va Makron o‘rtasidagi muzokaralarning rasmiy qismi bo‘ldi, unda Pekin va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlari, shuningdek, Ukraina inqirozi muhokama qilindi. Makronga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen hamrohlik qildi, biroq u ko‘pincha ikkinchi planga tushub qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Evropa Ittifoqi Xitoy Tayvan' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing