Xitoydagi restoranlardan biri portlab ketdi (video)
Olam
−
22 iyun 2023 5434 1 daqiqa
Kecha, 21 iyun kuni Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Inchuan shahrida joylashgan restoranlardan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 21 iyun kuni soat 20:40 lar atrofida Ninsya provinsiyasi markazi Inchuan shahridagi restoranlarning birida sodir bo‘lgan. Portlashga suyultirilgan gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 31 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 7 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir, ikki nafarida jiddiy kuyish, 4 nafariga esa yengil tan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, mahalliy yong‘in va qutqaruv xizmatlari portlashdan so‘ng voqea joyiga 100 nafardan ortiq xodim va 20 ta texnika jo‘natgan.
“Qutqaruv ishlari bugun, 22 iyun kuni ertalab soat 04:00 da yakunlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Parij shahrida portlash yuz bergani, hodisa oqibatida 37 nafar odam halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi