Xitoy TikTok’ni taqiqlagani uchun AQSHni tanqid qildi

Olam

image

Xitoy davlat xizmatchilariga TikTok ilovasini telefonidan o‘chirib tashlashni buyurgani uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarini ortiqcha munosabat bildirganlikda aybladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 27 fevral kuni Oq uy hukumat idoralariga xodimlarning federal qurilmalardagi Xitoyga tegishli ilovani o‘chirib tashlashi uchun uchun 30 kun muhlat bergan. Keyinchalik Yevropa Ittifoqi va Kanadada ham shunga o‘xshash harakatlar amalga oshirilgan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi esa bu holat AQSH tomonidan xorijiy firmalarga bosim o‘tkazish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilinishi sifatida baholashini aytgan.

“Biz bu noto‘g‘ri harakatlarga qat’iy qarshimiz. AQSH hukumati bozor iqtisodiyoti va adolatli raqobat tamoyillarini hurmat qilishi, kompaniyalarga bosim o‘tkazishni to‘xtatishi hamda AQSHda xorijiy kompaniyalar uchun ochiq, adolatli va kamsitmaydigan muhitni ta’minlashi kerak. AQSH kabi dunyodagi eng kuchli davlat yoshlarning bunday sevimli ilovasidan qo‘rqishi uchun qanchalik ishonchsiz bo‘lishi mumkin?” deydi Xitoy TIV vakili Mao Nin. 

Ta’kidlash joizki, G‘arb rasmiylari so‘nggi oylarda Xitoyning ByteDance firmasiga tegishli bo‘lgan mashhur video almashish ilovasidan xavotir bildirib kelmoqda. TikTok foydalanuvchilarning ma’lumotlarini yig‘ib, Xitoy hukumatiga topshirayotgani haqidagi da’volar keng tarqalgan. Ba’zi razvedka idoralari ilova hukumat qurilmalariga yuklab olinganda maxfiy ma’lumotlar oshkor etilishidan xavotirda ekanini bildirgan. Kompaniya esa TikTok’ning boshqa ijtimoiy media tarmoqlaridan farq qilmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Kongressi butun mamlakat bo‘ylab TikTok’ni taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ishlayotgani aytilgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Xitoy TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing