Xitoy Rossiya vaksinasiga baho berdi

Jamiyat

image

Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan Rossiyada tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksinani zararsiz deb aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Chjun Nanshan Rossiyaning adenovirus vaksinasi xavfsiz ekanini ta’kidladi va klinik sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirdi”, deyiladi xabarda.

Shifokor Rossiyani vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani bilan tabriklagan.

Elatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi dunyodagi ilk vaksina 11 avgust kuni Rossiyada ro‘yxatga olindi. Vaksina Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Unga “Sputnik V” nomi berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

1360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing