Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qachon boshlanishi aytildi

Olam

image

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi shu yilning oktyabr oyida boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) yig‘ilishida “Kirgiz temir jolu” milliy korxonasi direktori Azamat Sakiyev ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish odatda olti yil davom etadi. 

“Tasdiqlash uchun biz “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik, unda qo‘shma korxona qaysi muddatga ko‘ra faoliyat yuritishi aniq ko‘rsatilgan”, deydi Azamat Sakiyev. 

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari investitsiya shartnomasini imzolash niyatida. Bu 2024 yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan. 

2023 yil yanvar oyida Bishkekda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini muvofiqlashtirish idorasi ochilgan edi. U qurilish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi. Xitoy temiryo‘l qurilish korporatsiyasining loyiha-qidiruv instituti loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqmoqda. 

Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarni tashkil etadi. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi uchun Qirg‘iziston Respublikasi Xitoy banklaridan kredit olish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti Xitoy va O‘zbekiston bilan birgalikda temiryo‘l qurish bo‘yicha uch tomonlama shartnomani ratifikatsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing