Rasmiy Toshkent “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasi uchun 255 million dollar ajratadi

Jamiyat

image

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasiga “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasi kompaniyasining ustav kapitalidagi O‘zbekiston ulushini moliyalashtirish uchun 255 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda Prezident  qarorida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 14 millioni joriy yil oxirigacha ajratilishi rejalashtirilgan. Kreditlar yillik 5 foiz stavka bilan 15 yil muddatga, jumladan, 7 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. 6 iyun kuni imzolangan kelishuv shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning loyiha kompaniyasidagi ulushi 24,5 foizdan, 51 foizi esa Xitoyga tegishli bo‘ladi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha kompaniyasining umumiy ustav kapitali 1,040 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Japarov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

loyiha Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing