Xitoy Baydenning Si Szinpin bilan gaplashish istagini mensimadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy rahbariyati XXR Raisi Si Szinpin va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida telefon suhbatini tashkil etishdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan. Bu haqda “Reuters” o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Mart oyi boshida Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi CNN telekanaliga Bayden xitoylik hamkasbi bilan gaplashmoqchi ekanligini, lekin hali qo‘ng‘iroq vaqti reja qilinmaganini aytgandi. Keyinroq u Vashington muzokaralar “kerakli vaqtda” bo‘lib o‘tishiga umid qilayotganini, biroq Xitoy rahbari bunga vaqti bo‘lmayotganini ochiqlagan.

Manbaga ko‘ra, Si Szinpin va Bayden o‘rtasidagi suhbat Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi “birinchi qadam” bo‘lishi mumkin. Biroq amerikalik diplomatlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Xitoy bu g‘oyaga qiziqish bildirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari joriy yilning 20 mart kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga kelgan edi. Tashrifning birinchi kunida Putin va Si Szinpin yakkama-yakka, 21 mart kuni esa Kremlda tor doirada muzokaralar o‘tkazgan. 

Prezident Putin va Si Szinpinning rasmiy uchrashuvi 21 mart kuni Kreml saroyining Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tgan. Szinpin 22 mart kuni Rossiyaga tashrifini yakunlab, Xitoyga qaytib ketdi.

Tashrif davomida 2030 yilgacha Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasi bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing