Xayr, Avstraliya! Jokovichning vizasi bekor qilindi

Sport

image

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichning Avstraliya vizasi yana bekor qilindi. Bu haqda “The Age” nashri xabar berdi. 

Keltirilishicha, ushbu qarorni Immigratsiya vaziri Aleks Xouk qabul qilgan. Bunga tibbiy masalalar va tartibga rioya qilinishi kerakligini sabab sifatida keltirdi. Xouk Jokovichning vizasini bekor qilish “jamoat manfaati uchun” bo‘ladi, degan qarorga keldi.

Xabarlarga ko‘ra, serbiyalik tennischining advokatlari bu qaror ustidan yana bir bor apellyatsiya berishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Jokovichning mamlakatda qolishi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Avstraliya aholisining katta qismi uning mamlakatdan deportatsiya qilinishini yoqlab ovoz bergan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jokovich Avtraliya Xouk

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing