Avstraliyaga kalamushlar hujum qilmoqda

Bu qiziq

image

Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi baliqchilikka ixtisoslashgan shaharchalari bir necha oydan beri kalamushlar oqimi bilan kurashmoqda. Bu haqda "ABC News" telekanali xabar berdi

Jumladan Kvinslend shtatining Karumba shahriga yaqin qirg‘oqbo‘yi hududlaridan oziq-ovqat izlab yurgan kalamushlar bostirib kirgan. Shahar atrofidagi plyajlarda o‘lib yotgan kalamushlarning ko‘pligidan, havoni yomon hid tutib ketgan. Aksariyat baliqchilar kemiruvchilar ularning kemalaridagi millionlab dollarlik jihozlarga zarar yetkazishidan xavotirda.

"E’tiborlisi yaqin hududlardan ko‘chib kelayotgan kalamushlar to‘lqinlarda cho‘kib, yana qirg‘oqqa chiqib olmoqda. Aholi kemiruvchilarni o‘z uyidan uzoqlashtirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ularning dahshatli tarzda ko‘pligidan bunga to‘liq erishib bo‘lmayapti", deydi avstraliyalik baliqchi Jemma Probert telekanalga bergan intervyusida. 

Kvinslend universiteti ekologiya dotsenti Lyuk Leungning aytishicha, yil boshida rekord darajadagi yog‘ingarchilik kalamushlarning ko‘payishiga olib kelgan va iyun oyidan boshlab ushbu zararkunandalar o‘z maydonini kengaytirmoqda.

"Bunday holat mintaqada oxirgi marta 2011 yilda kuzatilgandi", deydi mutaxassis kalamushlarning shahar iqtisodiyotiga yetkazayotgan zarari haqida gapirib.


Maqola muallifi

Teglar

Avtraliya kalamushlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing