Jokovich va Avstraliya: tennischining emlanmaslik sababi ochiqlandi
Sport
−
08 yanvar 2022
4031Avvalroq, tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra chempioni Novak Jokovichning otasi Serjan Jokovich Avstraliyadagi o‘g‘li bilan bog‘liq mojaro hal etilmagan taqdirda, tennischining butun oilasi va muxlislari Serbiya ko‘chalariga chiqishini ma’lum qilgan edi.
Endilikda 34 yoshli raketka ustasining nima sababdan koronavirusga qarshi emlanmagani haqidagi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Avstraliya Federal Politsiyasi xabariga ko‘ra, Jokovichning advokatlari sud hujjatlarida unga 2021 yilning 16 dekabr kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqidagi hujjatni kiritishgan.
O‘shanda dunyoning birinchi raqamli tennischisi o‘z sharafiga marka chiqarilishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etgani oydinlashdi.
Qo‘shimcha ravishda Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun Melburndagi mehmonxonadan boshqa joyga o‘tkazishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, “Australian open”da ishtirok etish uchun yashil qit’aga kelgan Novak vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olindi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan. Shundan so‘ng, mehmonxonaga joylashtirilgan edi.
Ma’lumot uchun, viza bilan bog‘liq muammolar joriy yilning 10 yanvar kuniga qadar sudda ko‘rib chiqiladi. Jokovichning aybdorligi isbotlangan taqdirda uning deportatsiyasi 3 yilga qadar davom etishi mumkin.
LiveBarchasi