2032 yilgi Olimpiya o‘yinlariga “yashil qit’a” mezbonlik qiladi
Sport
−
21 iyul 2021
72742032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga Avstraliyaning Brisben shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining sessiyasida qaror qabul qilindi.
Avstraliya Olimpiya uyushmasi esa quyidagicha izoh qoldirdi:
“Avstraliyada Olimpiya o‘yinlariga muhabbat hissi mavjud, bu barcha Olimpiya o‘yinlarida sportchilari ishtirok etgan ikkita mamlakatdan biri ekanligimizda aks etadi. Avstraliyada dunyodagi eng katta sport musobaqasini o‘tkazish uchun uchinchi marta imkoniyat berildi. Bunga qadar Sidney (2000 yil) va Melburn (1956 yil) shaharlarida yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan edi.
Avstraliyaliklarni chinakam hayajonlantiradigan jihat — bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari va go‘zal mamlakatimizni namoyish etish imkoniyati. Brisben – ajoyib maskan. Unda unutilmas va hayajonli bahslarga boy musobaqa bo‘lib o‘tadi. Dunyo, xush kelibsiz. Bizga bu katta mas’uliyatni ishonib topshirganligi uchun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz”.
Avstraliyada 2032 yilgi Brisben Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari arafasida o‘nlab yirik xalqaro sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayollar o‘rtasida 2022 yilgi basketbol bo‘yicha Jahon kubogi, velosport bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati yoki futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida 2023 yilgi Jahon chempionatiga aynan Avstraliya mezbonlik qiladi.
Janubi-sharqiy Kvinslend esa Avstraliyaning eng tez rivojlanayotgan mintaqalaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Brisben Olimpiadasi 2032 yil 23 iyuldan 8 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bungacha Pekin-2022, Milan-2026, Barselona-2030 qishgi, Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi