Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Begonalarning avtomobilini sotib yuborib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda “Gorod” nashri xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning iyun oyida erkak O‘zbekiston hududida bo‘lib, unga tegishli bo‘lmagan ikkita avtomobilni sotgan. Sotuvdan olingan jami summa 14 ming dollarni tashkil etgan.

Shu yilning noyabr oyida erkak xalqaro qidiruvga berilgan. Dekabr oyida esa O‘zbekistondagi tuman sudi unga nisbatan hibsga olish chorasi qo‘llash haqida sirtdan qaror chiqargan.

2025 yil yanvar oyida erkak Rossiyaning Irkutsk viloyati Nijneilimsk tumanida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

“U 40 kun davomida hibsda saqlab turiladi va vataniga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi “Jaysan” temiryo‘l nazorat-o‘tkazish nuqtasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. U Moldova IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan noqonuniy narkotik moddalarni tashish aybi bilan qidiruvga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing