Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Qozog‘istonda ushlandi
Olam
−
01 fevral 6274 1 daqiqa
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi “Jaysan” temiryo‘l nazorat-o‘tkazish nuqtasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Moldova IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan noqonuniy narkotik moddalarni tashish aybi bilan qidiruvda bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor 2013 yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda xalqaro narkotik moddalar yetkazib berish tizimini tashkil qilgan. Moldova hududiga kirishga uringanida uning yonidan 46 gramm “geroin” topilgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogramm “gashish” bilan qo‘lga olingandi. Unga nisbatan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki jo‘natishga urinish bo‘yicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va hibsga olingan.
Live
Barchasi