Kelajak shaharlari suv ustiga quriladi
Bu qiziq
−
12 yanvar 2023
8168Buyuk Britaniya va Italiya arxitektorlari kelajak binolari suv ustida qurilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Iqlimning o‘zgarishi bunga asosiy sabab deya ko‘rsatilgan. Bu haqda “Nypost” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab bunday shaharlardan sayyohlik markazi, mehmonxona, sog‘lomlashtirish va dam olish markazlari o‘rin oladi. Keyinchalik oddiy aholi yashashi uchun ham xuddi shunday shaharlar barpo etiladi. Ularning afzalligi iqlim o‘zgarishi sabab sodir bo‘ladigan hodisalar – muzlarning erishi, tuproq ko‘chkilari, zilzila, vulqon otishi, havo haroratining keskin ko‘tarilishi yoki tushishi holatlarida odamlarni saqlashdan iborat.
Shuningdek, bu g‘oyani ilgari surayotgan arxitektorlar tomonidan bir qator loyihalar taqdim etilgan. Loyihaga ko‘ra, suv ustidagi shaharlar faol harakatda bo‘ladi. Suv to‘lqinlaridan elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda to‘liq “yashil” transport tizimiga o‘tiladi. Shaharchadagi binolar asosan oynalar bilan tashqi tomondan qoplaniladi. Ularning tom qismi yashil hududga aylantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining Neom shahrida dunyodagi eng katta suzuvchi port shaharcha qurilishi haqida xabar berilgan edi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni qiymati 8 milliard dollarga teng ulkan toshbaqa shaklidagi “suzuvchi” shaharni barpo etayotgani haqida m’lumot bergan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi