Saudiyada kelajak binolari quriladi (fotojamlanma)

Bu qiziq

image

Saudiya Arabistonida zamonaviy jamiyatning notinch hayoti va stressdan qochish maqsadida dengiz qirg‘og‘ida noodatiy osmono‘par binolar juftligi quriladi. Bu haqda “Welcome Saudi” nashri xabar berdi. 

Binolarning qurilishi loyihasiga "Epicon" nomi berilgan. Ushbu binolar "dueti"ni Qizil dengizdagi Aqaba ko‘rfazi yaqinida qurish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng hozirgi cho‘l hududi futuristik uslubdagi kurort zonasiga aylanadi. 

Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, odamlar odatdagi dam olish maskanlaridan standartlar va odatiylik sabab zerikkan va katta qiziqish bildirmay qo‘ygan. Shu sababli endi turistlar va dam oluvchilar uchun cho‘lning sarobini eslatuvchi manzarasida kelajak haqidagi filmlardagi binolarni eslatuvchi ushbu yangi va noodatiy bino taklif etiladi. 

Bildirilishicha, birinchi osmono‘par binoning balandligi 225 metr, ikkinchisiniki esa 275 metr bo‘ladi. Ularning yonida kichik balandlikdagi minora majmuasi ham bo‘lib, unda kommunal xonalar va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari joylashadi. Ellikta plyaj villalari alohida ko‘rfaz sohilida quriladi. 

"Epicon" osmono‘par binolarini qaysi me’mor tomonidan va qaysi loyiha asosida qurilishi hozircha ma’lum qilinmagan. Ammo ular mavjud binolardan farqli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Gujarat shtati Surat shahrida dunyodagi barcha olmoslarning qariyb 90 foiziga ishlov beruvchi olmos birjasining rekord darajadagi katta binosi – Diamond Bourse qurilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

bino Saudiya kelajak Arabiston Qizil dengiz cho'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing