Xitoyda navbatdagi osmono‘par bino quriladi

Bu qiziq

image_2023-08-07_18-22-07

Xitoyda eng aqlli va yashil osmono‘par bino – 210 metrlik Daxia ofis markazi quriladi. Bu haqda “Archdaily” nashri xabar berdi.

Bino mashhur Zaha Hadid arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. U Xitoyning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Sianda – yuqori  iqtisodiy va texnologik rivojlanishga ega hududda quriladi.

Daxia minorasi 127 ming 220 kvadrat metr ofis maydonini o‘z ichiga oladi. Balandligi 210 metr bo‘lgan bino biroz egilgan siluet ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Bino bir qancha foydali imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, texnik ehtiyojlar uchun yomg‘ir suvini yig‘ish, avtomatik havo sirkulyatsiyasi va energiya sarfini aqlli nazorat qilish tizimlari o‘rnatiladi. Fasadlarda energiya ishlab chiqarishni ta’minlash uchun sensorlar va panellar ham mavjud.

Shuningdek, quruvchilar pollar va devorlarni shishadan yasashni rejalashtirmoqda. Ular binoga yetarli darajada quyosh nuri kirishini ta’minlaydi. Bu orqali bo‘sh yerlardan ko‘katlar o‘stirish maqsadida foydalanish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Gujarat shtati Surat shahrida dunyodagi barcha olmoslarning qariyb 90 foiziga ishlov beruvchi olmos birjasining rekord darajadagi katta binosi – Diamond Bourse qurildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy bino arxitektura osmono'par quruvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing