Kaspiy shiddat bilan quriyapti. U hech qachon tiklanmasligi mumkin

Olam

image

Sayyoradagi eng katta ko‘l – Kaspiy dengizi tezlik bilan qurib bormoqda. Mutaxassislar uning hech qachon tiklanmasligidan xavotir bildirmoqda. Bu haqda tadqiqotlarga tayanib, CNN xabar berdi.

Kaspiy dengizi – sayyoradagi eng katta ko‘l hisoblanib, yirik havzasi sabab dengiz deb ataladi. Uning aylana qirg‘oq chizig‘i 6437 kilometrdan ortiqroqqa cho‘zilgan va dengiz suvi beshta davlat – Qozog‘iston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya va Turkmaniston yerlarini yuvib turadi. Ushbu mamlakatlar baliqchilik, dehqonchilik, sayyohlik va ichimlik suvi, shuningdek, neft va gaz zaxiralari uchun unga tayanadi. Kaspiy, shuningdek, ushbu qurg‘oqchil mintaqaning iqlimini tartibga solishga yordam beradi va Markaziy Osiyoni ham yog‘ingarchilik va namlik bilan ta’minlaydi.

To‘g‘on qurish, haddan tashqari ko‘p yerosti boyliklirini qazib olish, ifloslanish va iqlim inqirozi uning qurishiga turtki bo‘lmoqda. Ba’zi ekspertlar Kaspiy dengizining qaytib kelmaydigan nuqtaga chekinishidan qo‘rqyapti.

Iqlim o‘zgarishi global dengiz sathini ko‘tarayotgan bo‘lsa-da, bu Kaspiyga o‘xshash ichki dengizlar va ko‘llar uchun boshqacha ta’sir qiladi. Kaspiy kabi tipdagi suv havzalari daryolardan keladigan suv va yomg‘ir hamda bug‘lanish orqali o‘tadigan nozik muvozanatga tayanadi. Bu muvozanat dunyo isishi bilan o‘zgarib, ko‘plab ko‘llarning qisqarishiga olib kelmoqda.

“Odamlar kelajakda nima bo‘lishini ko‘rish uchun uzoqqa murojaat qilishga hojat yo‘q. Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi Orol dengizi bir paytlar dunyodagi eng katta ko‘llardan biri bo‘lgan, ammo inson faoliyati va kuchayib borayotgan iqlim inqirozi tufayli butunlay yo‘q bo‘lib ketgan”, deyiladi xabarda.

Ming yillar davomida haroratning o‘zgarishi va muz qatlamlarining erishi oqibatida Kaspiy dengizining havzasi o‘zgarib turgan. Biroq so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda uning qurishi tezlashmoqda.

Qayd etilishicha, bunda inson faoliyati muhim rol o‘ynaydi, chunki mamlakatlar suv omborlari va to‘g‘onlar qurmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kaspiy dengiziga 130 ta daryo quyiladi, ammo suvning 80 foizga yaqini Yevropaning eng uzun daryosi hisoblanuvchi Volgadan keladi.

Tehron universitetining Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari bo‘yicha mutaxassisi Vali Kalejiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Volgada 40 ta to‘g‘on qurgan va yana 18 tasi ishlab chiqilmoqda. Bu esa Kaspiy dengiziga kiruvchi suv oqimini kamaytiradi.

Ammo dengiz sathining chekinishida iqlim o‘zgarishi tobora muhimroq rol o‘ynayapti. Xususan, bug‘lanish tezligi oshib, u tartibsiz yog‘ingarchilikni kuchaytirmoqda.

Germaniyaning Bremen universiteti Yer tizimlarini modellashtiruvchi mutaxassisi Mattias Prangega ko‘ra, Kaspiy dengizidagi suv sathi 1990 yillarning o‘rtalaridan beri pasayib bormoqda, biroq 2005 yildan buyon bu jarayon tezlashgan.

Prange tadqiqotiga ko‘ra, qazib olinadigan yoqilg‘i ifloslanishi eng tez qisqartirilgan taqdirda, asr oxiriga kelib dengiz sathi 8 dan 18 metrgacha pasayishi mumkin.

Boshqa bir tadqiqot 2100 yilga borib dengiz sathi 30 metrgacha tushish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Global isishning yanada optimistik ssenariylarida ham Kaspiy dengizining sayozroq shimoliy qismi, asosan Qozog‘iston atrofi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Kaspiy dengizi mamlakatlari uchun esa bu inqiroz. Kalejiyning bildirishicha, kemalar Oqtov kabi sayoz port shaharlarida to‘xtashga qiynalishi sababli baliq ovlash maydonlari qisqaradi, turizm va yuk tashish sanoati zarar ko‘radi.

Bundan tashqari, geosiyosiy oqibatlar ham bo‘ladi. Resurslarni qazib olish uchun raqobatlashayotgan besh mamlakat ko‘proq suv olish uchun poygaga kirishi mumkin. Agar qirg‘oq chizig‘ining o‘zgarishi mamlakatlarni yangi da’volar qilishga undasa, u neft va gaz zaxiralari bo‘yicha yangi mojarolarni keltirib chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yillar davomida Yerni zararlantirish va suvni noto‘g‘ri boshqarish inson tomonidan yuzaga keltirilgan iqlim inqirozi bilan birga to‘qnash kelib, global suv aylanish tizimiga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazgani va uni muvozanatdan chiqargani xabar qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kaspiy dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing