Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Olam

image

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.  

Mashqlarda Kaspiy flotiliyasining SB-45 qutqaruv kemasi ishtirok etmoqda.

“Shartli ravishda shikastlangan kemaga yordam berish, suvda bo‘lgan ekipajni qidirish va qutqarish, shuningdek favqulodda kemani tortib olish ko‘nikmalari ishlab chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, SB-45 kemalar va qirg‘oq inshootlaridagi yong‘inlarni o‘chirish, odamlarni evakuatsiya qilish, 60 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ish ishlarini bajarish, dengiz yuzasidan neft mahsulotlarini yig‘ish va qidiruv tadqiqot ishlarini bajarmoqda.

O‘z navbatida, Tehron Rossiya Federatsiyasi bilan qo‘shma manyovrlar dasturiga taktik mashqlar, qutqaruv operatsiyalarini o‘rgatish va qaroqchilarga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar kiritilganini ma’lum qildi. Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy kemalari ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar Eron tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, boshqa ishtirokchilar orasida Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkmaniston harbiylari ham bor. 

Ma’lumot uchun, Rossiya Mudofaa vazirligi iyul oyida Eron, Rossiya va mintaqadagi boshqa davlatlar ishtirokida Kaspiy dengizida ko‘p tomonlama qutqaruv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Eron Kaspiy dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made