Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohillarida dam olyapti
Olam
−
07 avgust 2023
11070Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ta’til uchun Kaspiy dengizi sohilidagi “Avaza” milliy turistik zonasiga yo‘l oldi. Bu haqda “Neytralniy Turkmenistan” rasmiy gazetasi xabar berdi.
Keltirilishicha, joriy yilning 5 avgust kuni Serdar Berdimuhamedov Ashxobod xalqaro aeroportiga borgan va u yerdan Bolqon viloyatida joylashgan Turkmanboshi shahriga uchgan.
Ma’lumot o‘rnida, iyul oyida Prezident Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida hukumat a’zolariga joriy yilning 1 avgustidan 1 sentyabrigacha ta’tilga chiqishga ruxsat bergan edi. Turkmaniston hukumati vakillari an’anaga ko‘ra, bir oylik ta’tilga chiqadi. Biroq 2018 yilda o‘sha paytdagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov amaldorlarni ikki haftalik hordiq chiqarishga yuborgan.