Maktablarda kuzgi ta’til qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til joriy yil 4 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 mart kuni qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026 yil 4 noyabrdan boshlanadi va 9 noyabrga qadar davom etadi.

II chorak dars mashg‘ulotlari 2026 yil 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

  • kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til – 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til – 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
     

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing