Rasman: 11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi
Jamiyat
−
07 may 4712 1 daqiqa
O‘zbekistonda 11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida:
9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026 yil 11 may – dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Shunga asosan:
- 2026 yil 11 may kuni – umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (11 may kuni belgilangan) dars soatlari tashkil etiladi (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bundan mustasno).
- Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2026 yil 11 may dam olish kuni hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, nodavlat ta’lim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash mazkur ta’lim muassasalarining o‘z ichki tartib-qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi