Kasallanganlar soni 600 ga yaqinlashdi. Xitoy virus o‘chog‘ini yopib qo‘ydi

Olam

image

Xitoy hukumati joriy yilning 21 yanvar kuni yangi 2019-nCoV koronavirusi tarqalgan Uxan shahridan chiqishni taqiqlab qo‘ydi. Aviareyslar, poyezd va avtobus qatnovlari to‘xtatildi.

Taqiq muddati aniq ko‘rsatilmagan. Mahalliy hokimiyat Uxanga keladigan xalqaro avtobus qatnovlarini ham taqiqlagan. Aeroport va vokzallarda Uxandan bo‘lgan yo‘lovchilarni tekshirish uchun alohida navbatlar tashkil etilgan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hozir yangi virus bilan kasallanganlar soni 541 nafarga, qurbonlar soni 17 nafarga yetdi.

Tailandda 4, Gonkongda 2, Makao, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya, va AQSHda bittadan shu kasallikka chalingan bemorlar qayd etildi. Rossiyada ham shunday virus alomatlari bo‘lgan 3 nafar odam shifoxonaga yotqizildi. Biroq keyinroq, ularning ikki nafarida virus aniqlanmadi. Bir nafarining natijalari hozircha e’lon qilinmadi.

Ma’lumot uchun, yangi virus birinchi marta o‘tgan yilning 12 mart kuni ro‘yxatga olingandi. Yangi epidemiya yuz bergani haqida Xitoy hukumati dekabr oxirida ma’lum qildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi virus sabab chegara va xalqaro aeroportlarda tibbiy nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing