Karmana hokimi jazolandi
3-sahifa
−
12 Oktabr
8453Karmana tumani hokimi Valijon Yusupovich Adizov ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari, o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgani uchun jazolandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Tuman hokimi Valijon Adizovga Mehnat kodeksining 312-moddasi (Intizomiy jazo choralari) 1-qismining 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Bunga Adizovning viloyat hokimi nomiga yozgan tushuntirish xati asos qilingan.
Ma’lumot uchun, Valijon Adizov joriy yilning yanvar oyida Karmana tumani hokimi etib tayinlangan. U bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov intizomiy jazoga tortilgandi.
LiveBarchasi