Kanada Bosh vaziri Jamoat palatasidan o‘z stulini olib ketdi

Olam

image

Kanadaning lavozimini tark etayotgan Bosh vaziri Jastin Tryudo o‘ziga iste’fo e’lon qilingandan keyin ommaviy palatadan o‘z stulini olib chiqib ketayotib, kameraga tilini ko‘rsatdi. Bu lahzalar “Reuters” kameralariga muhrlangan.

Jastin Tryudo o‘n yil davomida mamlakatni boshqarib kelgan. Uning iste’fosiga sabab sifatida migratsiya siyosatiga bo‘lgan tanqidlar va mamlakatdagi yuqori inflyatsiya darajasi ko‘rsatilgan.

O‘zining oxirgi matbuot anjumanida Bosh vazir ko‘zida yosh bilan “har kuni” kanadaliklarni birinchi o‘rinda qo‘yganini va ularni qo‘llab-quvvatlaganini aytgan. Shuningdek, u “yangi, qonuniy ravishda saylangan vorisga” vakolatlarini topshirishni “sabrsizlik bilan kutayotganini” qo‘shimcha qilgan.

Biroq “Daily mail” nashrining yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Bosh vazirning iste’fosi doimiy ekanligiga shubha qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Jastin Tryudo hukmron Liberal partiya raisi lavozimini tark etishini, ammo Bosh vazirlikdan partiyaning yangi rahbari saylangandan keyin iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Tryudo Kanada general-gubernatori Meri Saymondan parlament faoliyatini 24 martgacha to‘xtatishni so‘ragan. Keyinroq esa Kanadaning sobiq Markaziy banki rahbari Mark Karni Liberal partiyaning yangi yetakchisi etib saylandi va mamlakatning navbatdagi Bosh vaziri bo‘lishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh vazir Kanada Jastin Tryudo stul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing