Kanadada grizli ayiği ayolga hujum qilib, uni öldirdi
Olam
−
08:39 1436 2 daqiqa
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida grizli ayiği hujumi oqibatida bir ayol halok böldi, uning 19 yoşli qizi esa bedarak yöqoldi. Ularni qidiriş işlari davomida ayolning jasadi topilgan. Bu haqda Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi tabiatni muhofaza qiliş xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Jenni Balkarras va uning qizi hafta oxirida bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan. Qarindoşlari ularni qidirişni boşlagan. Keyinçalik ularning avtomobili Bella Kula şahri yaqinidagi sayyohlik yöli boşlaniş nuqtasidan topilgan.
Hodisa provinsiyaning markaziy sohilida, Bella Kula şahridan taxminan 8 kilometr şarqda joylaşgan Snuka-Uest sayyohlik yöli hududida sodir bölgan. Joriy yilning 1 noyabr kuni qidiruv işlari davomida tabiatni muhofaza qiliş xizmati xodimlaridan biri ayolning jasadini topgan. Uning qizini qidiriş işlari hozirgaça davom etmoqda.
Provinsiyada grizli ayiqlarining odamlarga hujumi juda kam uçraydi. Biroq ötgan yilning noyabr oyida ayni şu hududda ayiq maktab öquvçilari va öqituvçilariga hujum qilgan. Öşanda 11 kişi jarohatlangan. Ayiq sayr yölagi böyida tuşlik qilayotgan öquvçilar guruhiga örmondan çiqib taşlangan. Keng kölamli qidiruv işlariga qaramay, uni topişning imkoni bölmagan.
Nuxalk xalqi yetakçisi Samuel Şunerning aytişiça, hozirda ehtimoliy hujumga aloqador ayiqni topiş uçun tuzoqlar örnatilmoqda. U, şuningdek, OAV vakillaridan mahalliy aholi bilan boğlanmaslikni söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yangi Gvineyaning Port-Morsbi şahridagi “Adventure Park“ hayvonot boğida timsoh boğ xodimiga hujum qilib, uni öldirgandi.
Live
Barchasi