Rossiya harbiy kemasi Liviyada hujumga uçradi (video)

Olam

−

visibility1550 timer3 daqiqa

image

Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgani taxmin qilinmoqda. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 22 noyabr kuni sodir bölgan. Liviyaning ikki nafar harbiy rasmiysi dastlabki tergov natijalariga köra, kemaga Ukraina kuçlari nazoratidagi bazadan bir neçta dengiz droni uçirilganini bildirgan. Ularning aytişiça, kamida törtta dron tutib qolingan va yöq qilingan, yana ikkitasi harbiy kemaga borib urilgan. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va ob’ektda yonğin yuzaga kelgan.

Liviyaning şarqiy va janubiy hududlarini nazorat qiluvçi, özini Liviya milliy armiyasi deb ataydigan tuzilma vakillari jurnalistlarga ismlarini oşkor qilmaslik şarti bilan ma’lumot bergan. Ular buning sababi sifatida rasmiy izoh beriş vakolatiga ega emasliklarini körsatgan.

Liviyada Muammar Qaddofiy hokimiyati NATO qöllab-quvvatlagan qözğolon natijasida ağdarilganidan beri siyosiy böliniş saqlanib qolmoqda. Mamlakatning ğarbida BMT tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hukumat, şarqida esa unga raqib ma’muriyat faoliyat yuritadi. Neft zaxiralariga boy Liviya Rossiya va Ğarb örtasidagi raqobat markazlaridan biri bölib qolmoqda. Liviya şarqidagi hukumat bayonotida ham 22 noyabr kungi hujum tufayli dengiz bazasida portlaş va yonğin sodir bölgani, keyinçalik yonğin öçirilgani aytilgan.

“Almasar” sun’iy yöldoş telekanali yonğin içida qolgan kemaning videotasvirini namoyiş etgan. Telekanal ma’lumotiga köra, Liviya dengiz floti Malta bayroği ostidagi kema ekipajini qutqargan. Bayonotda kema Rossiya va Liviyaning şarqiy hukumati örtasidagi hamkorlik kelişuvi doirasida yoqilği quyiş va ta’minot oliş uçun bazaga kirgani qayd etilgan. Biroq kemaning özi yoki uning yuki haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Şuningdek, hujumning ortida turgan tomonni aniqlaş maqsadida Rossiya bilan qöşma tergov boşlangani bildirilgan. Hozirça heç bir guruh hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Rossiya va Ukraina rasmiylari ham voqea yuzasidan darhol munosabat bildirmagan.

Yevropalik rasmiylardan biri Benğozi portida Rossiya kemasi iştirokida portlaş sodir bölgani haqidagi xabarlar işonçli körinayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, kema Rossiya korveti sifatida aniqlangan, biroq hozirça portlaş sabablariga baho beriş imkoni bölmagan.

Liviya ğarbidagi hukumat Ukrainadagi uruşni nazarda tutib, mamlakat portlari va fuqarolik ob’ektlarining taşqi mojarolarga jalb etilişidan xavotir bildirgan.

“Hukumat Liviyani xalqaro mojarolar maydoniga yoki taşqi kuçlar özaro hisob-kitob qiladigan hududga aylantirişga qat’iy qarşiligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

Naşr ma’lumotlariga köra, mart oyida ham Liviyaning ğarbiy qismida yaşirin kelişuv asosida faoliyat yuritayotgan Ukraina kuçlari Örta yer dengizida, Malta suvlari yaqinida Rossiya tankeriga dengiz dronlari bilan hujum qilganlikda gumon qilingan. Bu haqda öşa vaqtda Liviya rasmiylari xabar bergan.

Agentlik qayd etişiça, asosan dronlar böyiça mutaxassislardan iborat Ukraina kuçlari Misratadagi harbiy-havo bazasida, şuningdek, poytaxt Tripoli va sohil böyidagi Zaviya şahrida joylaşgan boşqa harbiy ob’ektlarda ham faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Finlyandiya körfazining neytral suvlarida Ukraina dronlari Kaliningradga yöl olgan yuk kemasiga hujum qilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing