Kambosos “yulduzlik kasali”ga chalindimi? So‘z mutlaq chempionga

Sport

image

Professional boksning yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Jorj Kambosos (20-0-0) sobiq chempion Teofimo Lopes (16-1-0) ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi mashhurlik haqida gapirdi.

Avstraliyalik sportchining so‘zlariga ko‘ra, uning hozirgi holati motivatsiyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Meni istaganingizcha chaqiring, mutlaq chempion, birlashgan chempion – menga farqi yo‘q. Men bularning barchasiga, atrofdagilar va OAV vakillarining gaplariga ahamiyat bermayman. Men harakat qilishda davom etaman. Siz meni faqat va faqat sport zalidan topasiz. Tanamda hali ham og‘riqlar bor, lekin men ishlashda davom etaman. Keyingi jang haqida allaqachon o‘ylab qo‘ydim. Mening shaxsiyatim shunday”, deydi Kambosos.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Xulu” teatrida professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda avstraliyalik Jorj Kambosos amerikalik Teofimo Lopes ustidan 115-111, 113-114, 115-112 hisobida g‘alaba qozongan edi.
 
 


Maqola muallifi

Teglar

Prof boks Lomachenko Lopes Kambosos

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing