Nafaqadagi Tayson pul uchun jang qilmoqchi emas
Sport
−
02 fevral 2022
8525Professional boksning super og‘ir vazn toifasi sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson moliyaviy manfaat uchun ringga chiqmasligini ma’lum qildi.
“Ayrimlar men bilan 100 million dollar uchun jang qilmoqchi. Men hech qachon bunday ishni qilmayman. Men buni birinchi marta (Roy Jonsga qarshi) faqat o‘yin-kulgi uchun, zavqlanish uchun qilmoqchi edim. Ba’zi odamlar boshqa darajaga ko‘tarildi va buni moliyaviy masala qilib ko‘tarishdi, shundan so‘ng, o‘yin-kulgi yo‘qoldi”, deydi Tayson ESPN’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida “Temir Mayk” Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan amerikalik Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazgan edi. Jahon boks afsonalari jangi AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan va to‘liq sakkiz raunddan so‘ng hakamlar durang natija qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Tayson prof boksda 58 ta jang o‘tkazib, 50 ta g‘alaba qayd etgan. Yana ikkita bahs natijasi haqiqiy emas, deb topilgan.
LiveBarchasi