Mayk Tayson Floyd Meyvezer bilan jang qiladi
Sport
−
06 Sentabr 7325 1 daqiqa
Super og‘ir vazn toifasidagi sobiq, mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson besh vazn toifasidagi sobiq chempion Floyd Meyvezerga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda Tayson kecha, 5 sentyabr kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
59 yoshli Tayson jang afishasini e’lon qilib, “tez orada” deb izoh qoldirgan.

Xabarlarga ko‘ra, jangni CSI (Sports/Fight Sports) tashkillashtiradi va u 2026 yilning bahoriga rejalashtirilgan. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Tayson professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Uning hisobida 59 ta jang bor: ulardan 7 tasida mag‘lubiyat, 44 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan. 2024 yil noyabrida Tayson 27 yoshli bloger Jeyk Polga qarshi jang o‘tkazib, hakamlar qarori bilan yutqazgan edi.
48 yoshli Meyvezer esa professional faoliyatini 2017 yilda MMA jangchisi, irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘lgan jangdan so‘ng tugatgan. Amerikalik bokschi ringda jami 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin ham u muntazam ravishda ko‘rgazmali janglarda qatnashib kelmoqda.