3 karra Olimpiada va 5 karra jahon chempioni ko‘chada ovqat izlayapti (video)
Sport
−
10:32 4122 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda boks bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Feliks Savonning Kuba ko‘chalarida ovqat izlayotgani aks etgan video keng tarqaldi. Rolik “BoxeoCubano” akkauntida e’lon qilindi.
Videoda Savondan nima qilayotgani so‘ralganda, u: “Hech qanday alohida narsa yo‘q, yeyish uchun ovqat izlayapman”, deb javob bergan.
Rolik 1,8 million marta ko‘rilgan va 2 900 dan ortiq izoh to‘plagan. Keyinchalik kubalik komik Limay Blanko Savon bilan uchrashgani aks etgan videoni ham e’lon qildi. U bokschiga ovqat va Muqaddas Kitob bergan, shuningdek, boshqa maishiy buyumlar bilan ham yordam berishni va’da qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Savon 2018 yilda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2024 yilda shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.
Savon avvalroq Mayk Tayson bilan jang uchun 10 million dollar, Evander Xolifild bilan jang uchun 12 million dollar va Maykl Bennet bilan jang uchun 15 million dollarlik takliflarni rad etganini aytgan. U bunday qarorini xalqi va vataniga sadoqati bilan izohlagan. Shuningdek, professional boks orqali pul ishlashni istamaganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli Feliks Savon 1992, 1996 va 2000 yillarda Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, 1986, 1989, 1991, 1993, 1995 va 1997 yillarda jahon chempioni bo‘lgan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr