Yana bir oltin! Abdumalik Xalokov Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
14:28 1738 1 daqiqa
Bugun, 2 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida o‘zbekiston vakili Abdumalik Xalokov ringga ko‘tarildi. U finalda janubiy koreyalik raqibiga imkon qoldirmadi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
60 kilogramm vazn toifasida final bahsida Abdumalik Xalokov Janubiy Koreya sportchisi Donghvan Jangga qarshi ringga ko‘tarildi. Muhim va murosasiz kechgan final jangining yakuniga ko‘ra, Abdumalik Xalokov koreyalik raqibini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasi xazinasiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 18 ta oltin, 21 ta kumush va 22 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.
Live
Barchasi