Tayson yana jang qilmoqchi
Sport
−
18 noyabr
14550Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik Mayk Tayson faoliyatini yakunlamoqchi emas va navbatdagi jangini 2025 yilda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tayson vakili TASSga ma’lum qildi.
16 noyabr kuni bokschi sakkiz raundlik jangda bloger Jeyk Polga hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan yutqazdi.
“Mayk hali ham boks tushishni xohlaydi. U navbatdagi jangini 2025 yilda o‘tkazishi mumkin. Biz uning raqibi bilan muammolarni keyinroq ko‘rib chiqamiz”, deydi Taysonning vakili.
Ma’lumot uchun, temir Mayk 58 yoshda. Uning hisobida 50 g‘alaba (44 ta nokaut) va 7 ta mag‘lubiyat bor. U ishtirokidagi yana ikkita jang o‘tkazilmagan deb topilgan.