Xalokovning Jahon chempionati finalidagi raqibi jazolanadi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkovni 2025 yilda Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida raqibining qulog‘ini tishlagani uchun jazoladi. Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi (RBF) bosh kotibi Aleksandr Besputin ma’lum qildi.

Hodisa 60 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi jangda sodir bo‘lgan. Final jangining uchinchi raundi oxirida Shumkov Abdumalik Xalokovni tishlab olgan.

“Federatsiya va Vsevolod Shumkovga Abdumalik Xalokovni tishlagani uchun sanksiyalar qo‘llaniladi”, deydi Besputin.

Shunga qaramay, Shumkov o‘zbekistonlik bokschi, Olimpiya chempioni Abdumalik Xalokovni mag‘lub etib, jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi. Jangdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov Shumkovning harakatlarini tanqid qilib, mamlakat boks federatsiyasi rasmiy apellyatsiya berishini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza jami 9 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks IBA Abdumalik Xalokov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing