Imon Halif gender testidan o‘tishga tayyorligini bildirdi

Sport

image

Jazoirlik bokschi va Olimpiya chempioni Imon Halif 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etish uchun gender testidan o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi CNN nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Men musobaqalarda qatnashish uchun har qanday talabni bajarishga tayyorman. Ular ayollarni himoya qilishi kerak, lekin bunga zarar yetkazmasdan,” deydi Halif.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) 2023 yilgi Jahon chempionatida Halif va Tayvan vakili Lin Yuytinning testosteron darajasi yuqori ekanligi sababli gender testidan o‘ta olmaganini bildirgan, ammo 2024 yilgi Olimpiadada ularni ayollar boks turnirida qatnashishga ruxsat bergan. Shu Olimpiadada ular mos ravishda 66 kg va 57 kg vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2025 yil fevral oyida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) sportchilarning o‘yinlarga mos kelishini aniqlash bo‘yicha Shveysariya Bosh prokuroriga shikoyat qilishini va bokschilarni XOQga qarshi sud jarayonlarida qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Halif esa unga qarshi qo‘yilgan “asossiz, yolg‘on va haqoratli ayblovlar” uchun IBA’ni sudga berish niyatida ekanini bildirgan. 

2025 yil may oyida World Boxing 18 yoshdan oshgan barcha sportchilar jinsga mos kelishini tasdiqlash uchun majburiy gender testini joriy etishini e’lon qildi. Ushbu siyosat ayollar va erkaklar musobaqalarida xavfsizlikni ta’minlash va teng sharoit yaratishga qaratilgan. Testni o‘tkazmasdan sportchi ayollar toifasida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

IBA Los-Anjeles World Boxing Imon Halif gender test

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing