Chagayevning sobiq raqibi o‘z joniga qasd qildi
Sport
−
29 yanvar 2022
5629Bugun, 28 yanvar kuni boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida Yevropa chempioni ukrainalik Vladimir Virchis vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Observer nashrining xabar berishicha, 48 yoshli bokschi o‘z joniga qasd qilgan. So‘nggi paytlarda u ruhiy tushkunlik holatida edi.
Ma’lumot uchun, Virchis – super og‘ir vazn toifasida jang olib borgan va professional ringdagi birinchi jangi 1999 yilda bo‘lib o‘tgan. 2003-2004 yillarda Vladimir IBF interkontinental kamarini qo‘lga kiritgan.
Virchis 2005-2006 yillarda WVO qit’alararo chempioni bo‘lish bilan bir qatorda 2007 yilda, italiyalik Paolo Vidosani mag‘lub etib, EBU chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. U boksda 28 ta jang o‘tkazib, 26 g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Virchis 2006 yil mart oyida o‘bekistonlik Ruslan Chagayevga yengilgan va o‘z kamarlarini boy bergan. Bu ukrainalikning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati bo‘lgan.
LiveBarchasi