Boks olamining “baronlari” e’lon qilindi

Sport

image

Britaniyaning “Manchester Evening News” nashri dunyoning eng badavlat bokschilari reytingini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Floyd Meyveyzer 400 million funt (479,5 million yevro) evaziga reytingni boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rinni superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Jorj Forman (222 million funt) egallab turgan bo‘lsa, yaqindagina faoliyatini yakunlagan, 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao (163 million funt) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Dunyoning eng boy 10 nafar bokschilari:

1. Floyd Meyveyzer (400 million funt sterling)
2. Jorj Forman (222 million funt sterling)
3. Menni Pakyao (163 million funt sterling)
4. Oskar De La Xoya (148 million funt sterling)
5. Saul Alvares (105 mln funt sterling)
6. Lennoks Lyuis (103 million funt sterling)
7. Tayson Fyuri (100 million funt sterling)
8. Shakar Rey Leonard (88 million funt sterling)
9. Entoni Joshua (60 million funt)
10. Vladimir Klichko (58 mln funt)

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunning eng kuchli bokschisi hisoblangan Saul Alvares 5-o‘rinni egallab turibdi. Superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik esa reytingga kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, 10-o‘rindagi Vladimir Klichkoning murabbiyi Jeyms Ali Bashir 45 yoshli bokschi ringga qaytishi mumkinligini tasdiqlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Floyd Meyvezer IBF WBO Prof boks Saul' Al'vares Menni Pak'yao Jorj Forman

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing