Muhammad Alining nabirasi raqibini nokaut qildi (video)

Sport

image

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh professional boksdagi 4-jangida ikkinchi raunddayoq hamyurti Jeremiya Yegerni nokautga uchratib, professional ringdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Bellashuv joriy 30 yanvar kuni AQSHning Tulsa shahridagi (Oklaxoma) “Hard Rock Hotel” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu g‘alaba Niko uchun professional boksdagi 4-jangda qozonilgan to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi.

“TOP Rank Boxing” promouterlik kompaniyasining Instagram sahifasi Ali Uolsh va Yeger o‘rtasidagi jang lavhalarini namoyish qildi. Videoda Nikoning tezkor oyoq harakatlari va shu orqali Muhammad Alining sevimli harakatlarini takrorlayotganini ko‘rish mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Ali Prof boks Niko Uolsh

Baholaganlar

81

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing