Rossiyalik taniqli bokschi vafot etdi
Sport
−
03 aprel 2023
20315Boks bo‘yicha 1978 yilgi og‘ir vazn toifasida SSSR chempioni Igor Visotskiy 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda kecha, 2 aprel kuni Rossiya boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Visotskiy SSSR chempionligini qo‘lga kiritishdan tashqari, uch marta turnirning bronza medali sovrindori bo‘lgan. U uch karra Olimpiya chempioni va uch karra jahon chempioni kubalik Teofilo Stivensonni ikki marta mag‘lub etgan yagona bokschi hisoblanadi — 1973 yilda Gavanada va 1976 yilda Minskda o‘tkazilgan xalqaro turnirda. 1978 yilda Visotskiy amerikalik Muhammad Ali bilan sparringda qatnashgan uchta sovet bokschisidan biriga aylandi.
Visotskiy 1980 yilgi Olimpiadada qatnasha olmadi, shundan keyin u faoliyatini yakunladi. U SSSR sport qo‘mitasida ishlagan, Moskva yaqinidagi Mitishi shahrida bolalarga boks mashg‘ulotlari uchun “Visotskiy” sport klubini ochgan, biznes bilan shug‘ullangan va filmlarda rol o‘ynagan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr