Muhammad Alining chempionlik kamari auksionda sotildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining 1974 yilda qo‘lga kiritgan chempionlik kamari kimoshdi savdosida 6,18 million dollarga sotildi. Bu haqda AFP xabar berdi.

“Heritage Auctions” ma’lumotlariga ko‘ra,  24 iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida “Indianapolis Colts” egasi, milliarder Jim Isrey g‘olib chiqqan. U kamarni 6,18 million dollar evaziga yutib olgan.

Bundan tashqari, Muhammad Alining boshqa buyumlari ham auksionga qo‘yilgan, jumladan, Jo Freyzerga qarshi “asr jangi”da kiygan kiyimi ham sotilgan.

Ma’lumot uchun, 1974 yil 30 oktyabr kuni Kongoning Kinshasa shahrida Muhammad Ali va Jorj Forman o‘rtasida jang o‘tkazilgan. Jangning 8-raundida Muhammad Ali raqibini nokautga uchratib, jahon chempioni bo‘lgan.

Muhammad Ali eng ko‘p titulga ega bokschilardan hisoblanadi. U boksdagi faoliyati davrida 61 ta jang o‘tkazgan, shundan 56 tasi (37 tasi nokaut)da g‘alaba qozongan. U o‘z vaqtida besh marta “Yil boskchisi” sharafiga sazovor bo‘lgan. Ali 2016 yil 74 yoshida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Ali

Baholaganlar

1087

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing