Sen endi bobosan – Fyuri Klichko haqida
Sport
−
15 yanvar 2022
4697Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri Aleksandr Usikni himoya qilayotgan Vladimir Klichkoga javob qaytardi.
“Afsuski, kimdir sen bo‘la olmaydi. Endi sen bobosan, Usik bilan ikkingiz menga o‘xshagan odamni hech qachon yenga olmaysiz”, deydi Fyuri.
Fyuri yaqinda Usikni steroidlarni (quvvatlantiruvchi dorilar) qo‘llashda ayblagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri so‘nggi jangini 2021 yilning 11 oktyabr kuni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazib, 11-raundda uni nokautga uchratgan edi.
“Doktor bolg‘achi” esa 2017 yil aprel oyida Entoni Joshuaga (24-2) qarshi ringga ko‘tarilgan va 11-raundda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng, faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda faoliyatini yakunlagan 45 yoshli Vladimir Klichko 2021 yilning 15 dekabr kuni sparring jangi o‘tkazgan edi. Ukrainalik bokschi 45 yoshida super og‘ir vazn toifasida eng keksa jahon chempioniga aylangan Jorj Formanning rekordini yangilash uchun boksga qaytishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan.
LiveBarchasi