Loma Kambosos bilan Avstraliyada jang qilishi mumkin
Sport
−
18 yanvar 2022
2267Vasiliy Lomachenkoning janglarini tashkil qiluvchi “TOP Rank” promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum o‘z mijozining super yengil vazn toifasida yo‘nalishlari chempioni avstraliyalik Jorj Kambososga qarshi ringga ko‘tarilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Biz Kambosos vakillari bilan Lomaning Avstraliyaga borishi haqida gaplashyapmiz, Vasiliy buni qilishga tayyor. Yaqin orada juda katta jang bo‘ladi. Ammo biz koronavirus muammosini hal qilishimiz kerak va men buni qila olamiz, deb o‘ylayman. Kambososga qarshi Avstraliyadagi jang mening Loma uchun birinchi tanlovim. Vasiliy bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan”, deydi Arum.
Eslatib o‘tamiz, Kambosos professional boksning uch vazn toifasi sobiq chempioni Lomachenkoga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirib, bu unga yoqqanini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, “Matchroom” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Bob Arum Vasiliy Lomachenkoni WVO yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogarga aylantirishga harakat qilishga urinadi, deya baholagan edi. Biroq Jorj Kambosos (WBA, IBF, WBO, WBC Franchise chempioni) va Devin Xeyni (WBC chempioni) o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangi avvalroq bo‘lib o‘tishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi