Inoue qochishi mumkin, lekin men o‘zimnikini qay yo‘l bilan bo‘lsa ham olaman – Ahmadaliyev

Sport

image

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlarida sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.

“P4P yulduzi ko‘rinishidan katta chaqiruvlarga tayyor emas. U qochishda davom etishi mumkin, lekin men o‘zimga tegishlisini qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham olaman. MJ yana ishga qaytdi”, deydi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Ahmadaliyev 14 dekabr kuni Monte-Karloda bo‘lib o‘tadigan prof boks oqshomi doirasida meksikalik Rikardo Espinosa bilan jang qiladi.

Qayd etish joiz, Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy da’vogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so‘nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko‘tariladi. Agar Inoue Gudmanni mag‘lub etsa, Ahmadaliyev esa Espinosadan ustun kelsa, Ahmdaliyev va Inoue jangi tashkil etiladi. Tomonlar 120 kun ichida jang bo‘yicha murosaga kelishi talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA IBF Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing