Shahram G‘iyosov navbatdagi jangi qachon bo‘lishini aytdi
Sport
−
22 fevral
3362Professional boksning yarimo‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini joriy yilning 12 aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Bu haqda u “Sport” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, unga boks oqshomida meksikalik bokschi raqib bo‘ladi. Turnirning markaziy jangi yarimo‘rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyonis hamda IBF chempioni Jaron Ennis o‘rtasida kechadi.
G‘iyosov bo‘lajak jangida g‘alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis - Stanyonis bahsi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, Shahram G‘iyosov professional boksdagi faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazgan va hammasida g‘alaba qozongan. U so‘nggi jangini 2024 yilning 31 iyulida o‘tkazgan va o‘shanda Migel Parrani ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayiq bilan mashg‘ulot qilgan Shahram G‘iyosovga chora ko‘rilgandi. U bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortilgandi va qilgan ishi uchun uzr so‘ragandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


