Usikning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
28 aprel
2775Boks bo‘yicha WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi super og‘ir vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan ukrainalik bokschi Aleksandr Usik navbatdagi jangida IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Xalqaro boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv joriy yilning 19 iyunida Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkaziladi. Shuningdek, mazkur jang g‘olibi The Ring kamarini qo‘lga kiritadi.
Qayd etish joiz, mazkur raqiblar 2023 yilda ilk bor to‘qnash kelgan va unda ukrainalik bokschi 9-raundda Dyubuani nokautga uchratgan.
Ma’lumot o‘rnida, Usik so‘nggi jangini 2024 yilning 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan boks oqshomida angliyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqqan va ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozongan.
Dyubua esa oxirgi jangida hamyurti Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilgan hamda beshinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi