Kaxovka GESi portlashidan necha kishi halok bo‘ldi?

Olam

image

Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘onining vayron bo‘lishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan topilgan so‘nggi jasad ayol kishiniki bo‘lgan. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

“Qutqaruv ishlari davomida 1950 yilda tug‘ilgan ayolning jasadi topildi, u hodisaning to‘qqizinchi qurboni bo‘ldi”, degan manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, avvalroq ma’lum bo‘lgan sakkiz nafar halok bo‘lganlardan ikki nafari evakuatsiya punktini o‘qqa tutish vaqtida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, unga ko‘ra, 86 kishi jarohatlangan, ulardan 84 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 iyun kuni ertalab Ukrainaning vaqtinchalik Rossiya tomonidan egallangan Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘on portlashi oqibatida vayron bo‘lgandi. Buning oqibatida aholi yashash punktlari suv ostida qoldi va Xerson viloyatida favqulodda holat joriy qilindi. BMT Xavfsizlik kengashi ham mazkur masalani ko‘rib chiqdi. Kiyev va Moskva stansiyadagi portlashda bir-birini aybladi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi vayron qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

NATO, Yevropa Kengashi va Germaniya esa portlashda Rossiyaning qo‘li borligini aytdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa Ukraina GESga hujum qilishni reja qilganini oldindan bilganini bildirdi. Kaxovka GESi o‘rnida yangi stansiya qurish uchun kamida besh yil vaqt va bir milliard grivna (27 million dollar) kerak bo‘lishi ma’lum qilindi. 7 iyun kuni esa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT va Qizil Xochning Kaxovka GESidagi favqulodda holatga munosabatidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

Avvalroq, Kaxovka GESi to‘g‘onining vayron bo‘lishi sababli Ukrainaning 700 ming aholisi ichimlik suvi tanqisligiga duch kelishi mumkinligi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made