Kaxovka GESi portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 53 kishiga yetdi

Olam

image

Kaxovka gidroelektr stansiyasining portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 53 kishiga yetdi. Bu haqda Favqulodda xizmatlarga tayanib, TASS xabar berdi.

“Yana uch kishining jasadi topildi, qurbonlarning umumiy soni 53 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 139 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, Ukrainaning uchta viloyatidagi suv havzalaridan olingan namunalarning qariyb 30 foizi gidroelektrostansiyadagi favqulodda vaziyatdan keyin standartlarga javob bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Kaxovka GESi to‘g‘on portlashi oqibatida vayron bo‘lganiga bir oy bo‘ldi. Buning oqibatida aholi yashash punktlari suv ostida qoldi va Xerson viloyatida favqulodda holat joriy qilindi. BMT Xavfsizlik kengashi ham mazkur masalani ko‘rib chiqdi. Kiyev va Moskva stansiyadagi portlashda bir-birini aybladi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi vayron qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

NATO, Yevropa Kengashi va Germaniya esa portlashda Rossiyaning qo‘li borligini aytdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa Ukraina GESga hujum qilishni reja qilganini oldindan bilganini bildirdi. Kaxovka GESi o‘rnida yangi stansiya qurish uchun kamida besh yil vaqt va bir milliard grivna (27 million dollar) kerak bo‘lishi ma’lum qilindi. 7 iyun kuni esa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT va Qizil Xochning Kaxovka GESidagi favqulodda holatga munosabatidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

Avvalroq, Kaxovka GESi to‘g‘onining vayron bo‘lishi sababli Ukrainaning 700 ming aholisi ichimlik suvi tanqisligiga duch kelishi mumkinligi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing